MENING XOLDINGIM UDI INTERNATIONAL

UDI INTERNATIONAL- bu ko’ptarmoqli kompaniya bo’lib biznesni rivojlantirishga ixtisoslashgan. 2019- yilda tashkil etilgandan beri xolding portfeli doimiy ravishda kengayib bormoqda. Hozirgi kunda dunyoning 5 davlatida: Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, O’zbekiston va Rossiyada 24 biznes loyiha muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Bugungi kunda UDI INTERNATIONAL ishbilarmonlik g’oyalarini amalga oshirish va xayriya faoliyat uchun xalqaro investitsiya maydonidir. Xolding turli sohalarda: ta'lim, savdo, go'zallik, qishloq xo'jaligi, xizmat ko'rsatish, sog'liqni saqlash va boshqa yo’nalishlar bo'yicha biznes bo'linmalariga ega.


BIZNING AVZIYATLARIMIZ

    Xolding hamkori bo'lish orqali siz maksimal foyda olasiz va barcha xavflaringizni minimallashtirasiz:
  • Valyuta tavakkalchiligi - biz erkin valyutada ishlash orqali valyuta riskini minimallashtiramiz va barqaror moliyaviy o'sishga erishamiz.
  • Sanoat xavfini minimallashtirish - biz turli yo'nalishlar mavjudligi sababli uni nazorat qilamiz.
  • Bizda minimal iqtisodiy tavakkalchilik bor – biz barqaror bozorda, rivojlangan bozorda va rivojlanayotgan bozorda ishlaymiz – biz keng geografiyaga ega bo‘lganimiz uchun aktivlar balansini saqlaymiz.
  • Siyosiy tavakkalchilik – biz turli mintaqalarda ishlaganimiz uchun 100% bir davlat siyosatiga bog‘liq emasmiz.

BIZNING MISSIYA

    UDI guruhi xalqaro platforma bo'lib, qaysiki u:
  • Mutaxassislarga kuchli jamoada o'zini anglash imkoniyatini beradigan.
  • O'sib borayotgan bozorda istiqbolli korxonalarni tizimlashtirish va kengaytirishga imkon beradigan.
  • Investorlarga xatarlarni minimallashtirgan holda, xalqaro miqyosda turli istiqbolli bizneslarda o‘z kapitalini oshirish imkoniyati beradigan.
  • Eng yaxshi istiqbolli g‘oyalarni amalga oshirish va ularni biznesga aylantirish imkoniyatini beradigan platformadir.